MedPlatforma

Maxfiylik siyosati

Hujjatning toʻliq matni tayyorlanmoqda va xizmat ishga tushishidan oldin shu sahifada eʼlon qilinadi.

Qabullarni yozib olish

  • Har bir qabul toʻliq yozib olinadi: onlayn qabul — video yoki audio qoʻngʻiroq yozuvi sifatida, klinikadagi qabul — shifokor qurilmasining kamerasi orqali. Yozuv davomida ekranda «Yozib olinmoqda» belgisi koʻrinib turadi.
  • Video va audio yozuv platforma serverida 10 kun saqlanadi, soʻng u yerdan oʻchiriladi. Shu muddat ichida yozuvning arxiv nusxasi uning matni bilan birga yopiq Telegram kanaliga va qabulni oʻtkazgan shifokorning Telegram chatiga yuboriladi. Arxiv nusxasi kamida 5 yil saqlanadi.
  • Yozuvdagi nutq matnga aylantiriladi. Bu matn platformada 1 yil saqlanadi, soʻng oʻchiriladi; uning nusxasi arxivda video bilan birga turadi.
  • Yozuv va uning matnini qabulni oʻtkazgan shifokor, platforma administratori, klinikadagi qabulda — shu klinika direktori va administratori, hamda administrator ruxsat bergan masʼul shaxslar koʻra oladi. Klinika xodimlari xulosani ham koʻradi. Platformada har bir koʻrish qayd etiladi. Arxiv xabarlarini saqlash va boshqalarga uzatish taqiqlangan.
  • Platforma serverlari Oʻzbekiston hududida joylashgan. Arxiv nusxasi Telegram xizmati orqali saqlanadi; uning serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan boʻlishi mumkin. Yozuvlar boshqa uchinchi shaxslarga berilmaydi.
  • Xizmatdan foydalanishni boshlash yoki klinikada qabulga kelish bilan Siz qabulning yozib olinishiga rozilik bildirasiz.